Yakshanba, 19.11.2017, 03:54
WWW.CHIROYLI.UZ
Barchani birlashtiruvchi portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Sayt menyusi
Bo'limlar
Mini Chat

So`rovnoma
Siz sevgan fasl - bu
Javoblar soni: 57
Xisobot

Xozir saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
BUGUNGI FAOLLAR
Главная » 2012 » Mart » 10 » TILLANING ASLINI QANDAY ANIQLASh MUMKIN?
17:40
TILLANING ASLINI QANDAY ANIQLASh MUMKIN?

Oltin… U haqida aytiladigan gaplar ko`pchilikni
birdaniga hushyor torttiradi. Nima uchun? Bu
savolga javob topish qiyin emas. Axir kimdir boylik
vasvasasida, kimdir aynan u borligi uchun, kimdir
yo`qligidan hushyor tortadi. Kimlardir uni deb
aldangan. Xo`sh, aldanmaslik uchun uni sotib olishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Shu
haqda fikr yuritamiz. TILLAGA TAMG`A NEGA BOSILADI? Bilamizki, tilladan yaratilgan har qanday buyumda
(agar, u sof bo`lsa), albatta, tillaning qotishmadagi
foizini ko`rsatuvchi tamg`a bo`ladi.
Respublikamizda ham qimmatbaho metallardan
yasalgan buyumlar namuna nazoratidan
o`tkaziladi. Ularga tillaning sofligini ko`rsatuvchi raqamlar zarb qilinadi, ya`ni tamg`a bosiladi. Bu
borada O`zbekistonda metrik namuna tizimi qabul
qilingan. Bu tizim barcha MDҲ davlatlari va Vena
konventsiyasi tarkibidagi davlatlar hamda Avstriya
va Germaniyada qo`llaniladi.
Metrik tizimdagi birinchi ikkita raqam qotishmaning 1000 qismida qimmatbaho metallning foizini
bildiradi. Masalan, 750 probali buyumda 75 foiz sof
oltin bo`ladi. Probaning sofligidan kelib chiqib,
qolgan qismi qo`shimcha ligaturadan (25 dan 70
foizgacha) iborat bo`ladi. XORIj TAMG`ASI ҲAQIDA Tamg`a turli mamlakatlarda turlicha ko`rinishda
bo`ladi. Masalan, Belorussiyada zubr tasviri,
Rossiyada soyabonli qalpoq kiygan ayol suvrati aks
ettiriladi. AQSh, Turkiya va Italiyada ma`lum bir
tasvirdagi tamg`a uchramaydi. Shuningdek, har bir
fabrika yoki firma o`z belgi namunasiga ega. Bu davlatlarda tillaning sifatiga davlat emas, uni ishlab
chiqaruvchi mas`ul. ENG YuQORI SOFLIGI Zargarlik buyumlari an`anaviy tarzda 750- va 585-
qotishmalardan, kamdan-kam hollarda 500- va
375-probalarda tayyorlanadi. Eng yuqori tilla
qotishmasi 958-probali bo`lib, u badiiy
hunarmandchilikda ishlatiladi. Undan san`at asari
yaratiladi. 900-proba asosan tish protezlarida foydalaniladi. 375 probali past qotishmadan
tayyorlangan taqinchoqlar esa zargarlik buyumlari
emas, balki bijuteriya mahsulotlari sanaladi. MA`LUMOT UChUN MDҲ davlatlarida eng ko`p tarqalgan tilla probalari
– 585 va 750.
Bugungi kunda 1 gramm 585 probali tillaning
o`rtacha bahosi 70 000 so`m, 750 probali tillaning 1
grammi o`rtacha 90 000 so`m. Lekin oltinning narxi
tez o`zgaruvchandir. Odatda u faqat o`sib boradi. TEKShIRIB KO`RIShINGIZ MUMKIN Respublikamizda bitta Davlat asillik darajasini
belgilash palatasi mavjud. Tekshirish uchun
haftaning qaysi kunida buyum olib kelish jadvali
tuzilgan. Tekshirish muddati uch kundan iborat.
* bitta tilla buyumga tamg`a bosish uchun 500
so`m; * kumush buyum uchun 150 so`m to`lanishi
belgilangan. ALDANMASLIK UChUN NIMA QILISh KERAK? Bu borada sizga zargarlar oddiy usullarni tavsiya
etishadi.
Dilorom jo`raeva, zargar:
– Ҳozirgi kunda tillaning asilligini ko`proq hididan
bilish mumkin. Uning hidi boshqa metallardan
tubdan farq qiladi. Nega hididan? Chunki hozirda ayrim qallob kishilar tomonidan tayyorlanayotgan
taqinchoqlarni ko`rsangiz, tilladan umuman
ajratolmaysiz. Ҳatto ba`zida zargarlarning ham bir
ko`rishda ajratishi qiyin bo`lib qoldi. Boshqa
metallardan esa temir hidi kelib turadi. Tajribadan
o`tib kelayotgan va hamma biladigan yana bir usul borki, uni maxsus eritmaga tiqib ko`rsangiz, agar
past probali tilla bo`lsa, rangi qorayib ketadi.
Bundan tashqari, tillaning sofligini rangidan bilish
mumkin. RANGI ҲAQIDA Sof tilla juda yumshoq bo`lgani sababli undan
yasalgan taqinchoq uzoq vaqt xizmat qilmasligi
mumkin. Shuning uchun unga boshqa metallar
qo`shiladi. Tilla tarkibidagi ligatura kumushdan,
misdan va palladiy yoki nikeldan iborat bo`ladi.
Shuning uchun tilla buyumlar turli rangda: sariq, oq, pushti, yashil, qizil va hatto ko`k bo`lishi mumkin.
Bizning 750 probali tillamiz Evropanikidan farq
qiladi. Evropa ligaturasida kumush ko`p, bizda esa
mis. Shuning uchun Evropa tillasi sarg`ish tusda,
bizniki esa qizil. Ko`plab mamlakatlarda, ya`ni
Italiya, Angliya va AQShda tilla buyumlarning probasini aniqlashda karat tizimi qo`llaniladi. Unga
ko`ra, toza tillaga 24 karatlik proba to`g`ri keladi. BILIB QO`JGAN YaXShI Karat (qirot) – "tseratoniya” subtropik daraxti
urug`ining nomi. U quriganda o`zining ilk og`irligini
yo`kotmaydi. Undan qimmatbaho tosh va tillani
o`lchashda ishlatishgan. Karatning doimiy og`irlik
birligi 1907 yilda o`rnatilgan – 0,2 g. Probalarni
karat tizimidan metrik tizimga o`tkazishda bir karat 1/5 grammga teng deb olingan. Karat tizimining
quyidagi probalari mavjud: 6 k, 8 k, 10 k, 12 k, 14 k,
18 k, 22 k.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli / Интересные | Просмотров: 753 | Добавил: MALIKBEK | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 IJODK   (14.03.2012 18:58)
www.panoh.uz kutilmagan yangiliklar tez

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish
SALOM Mehmon

Mehmon,Saytimizga a'zo bo'ling va barcha imkoniyatlarga ega bo'ling!
Login:
Parol:

Saytdan izlash
Tezkor qidirish uchun qidiruv so'zini kiritib, Enter ni bosing.


SMS sherlar
TOP saytlar
1
MUZ.UZ - Musiqa javo...
Keldi 547 Ketdi 136
2
www.xayol.uz
Keldi 468 Ketdi 110
3
Чтобы продвинуть сво...
Keldi 241 Ketdi 61
4
iPLANET.UZ - UNVERSA...
Keldi 342 Ketdi 125
5
Dasturlar
Keldi 359 Ketdi 111

SAYT QO'SHISH
Календарь
«  Mart 2012  »
DuSeChoPaJuShaYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Created by UzWebDesign © 2017