Yakshanba, 19.11.2017, 03:52
WWW.CHIROYLI.UZ
Barchani birlashtiruvchi portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Sayt menyusi
Bo'limlar
Mini Chat

So`rovnoma
Siz sevgan fasl - bu
Javoblar soni: 57
Xisobot

Xozir saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
BUGUNGI FAOLLAR
Главная » 2012 » Mart » 26 » Kelgindi kuyov
23:51
Kelgindi kuyov


Kelgindi kuyov
Biz chet elga turmushga chiqqan
qizlar haqida juda ko’p nohush
xabarlar eshitganmiz. Lekin, bu
hikoya baxtli onlarga boy bo’lgan
o’zbek qizining hayotidan…
-Mushtariy kuyovni Oddesalik
deyishgandi, - dedi Komila
-Ha, bolalikda Odessaga ko’chib
ketishgan toshkentliklar, -deb
javob berdi.
Eshik oldida juda ham kelishgan,
yuz ko’zlari porlap turgan
Mushtariyning holasini qizi Roziya
unga havas bilan qarardi.
Roziya otasiz katta bo’lgan, onasi
va ukasi bilan yashardi. Odobli,
kam gap bu qiz o’zining husti
jamoli, ibosi bilan hammani
e’tiborini tortardi. Endigina o`n
yettini qarshilaganiga qaramay
uyidan sovchilar arimasdi.
Otasining bevaqt o’limi oilani
hamma tomonlama qiynardi,
chunki Roziyaning onasi uy bekasi
hech qayerda o’qib ishlamagan uy
ayoli edi. Turli pishiriqlar pishirib
kun ko’rishardi.
Mushtariy va Shuxratni to’yi kuni
to’yxonadan deyarli faqat kelin
taraf tashrif buyurishgan edi,
kuyov tarafdan faqatgina oila
a’zolari va Odessadan Toshkentga
kelishga imkoniyati bo’lgan
do’stlargina tashrif buyurishdi. Shu
do’stlar orasida arman millatiga
mansub Ruben ismli yigit ham bor
edi.
Ruben qosh ko’zlari qop qora, huddi
uzbek yigitlariga o`xshar, yuz ko’zi
kulib turadigan istarali yigit edi.
Uning ota onasi ham bevaqt vafot
etgan, ukasi Armen bilan kotta
bo’lishgan. Shuxrat bilan birga
maktab o’qishgan va qalin do’st
edi.
To’y kuni bir chekada kelinga havas
bilan qarab turgan Roziyaga
Rubenning ko’zi tushdi. Odmi
kiyingan lekin kulishlari,
ko’zlarining porlashi, bolalarcha
beg’uborligi, farishtadek ko’ringan
bu qiz Rubenni yuragini jimirlatib
yubordi.
-Рубик ну что поехали, теперь в
Оддессе сыграем свадьбу, для тех
кто не смог приехать, поможешь
организовать? - dedi Shuhrat
aeroportdanda ketayotib.
-Шуха да конечно, но сначала
познакомь меня с кузиной твоей
жены - deb ayyorona kuldi.
-Она не такая девушка как ты
думаешь.
-А как я думаю по твоему? Я
влюбился брат. Хочу жениться -
jiddiy qarash bilan Shuxratgа
qaradi.
-Узбеки выходят замуж только за
узбеков, не знаю даже что
сказать, ты сума сошел!
Shuxrat va to’yga kelgan barcha
do’stlari oila a’zolari yengi kelinni
olib, Odessaga qaytib, ikkinchi
to’ylarini o’tkazishdi.
-Шуха я улетаю завтра в Ташкент,
узнай пожалуйста адрес Розии-
dedi Ruben
-У тебя не все дома что ли, забудь
про неё- jahl bilan javob berdi
Shuxrat. Chunki Shuxrat
Roziyaning oilasi qiynalganini va
Rubenning xarakterini juda yahshi
bilardi, Roziyani qiynalishini
hohlamas edi.
Lekin Ruben haqiqatdanam
Roziyani sevib qolgandi. Uning
shirin kulishini, chaqnab turgan
ko’zlarini ko’rishni hohlardi.
Mushtariy bilan gaplashib Roziyaga
bo’lgan tuyg’ularini ochiq oydin
aytadi va Roziyaning turar joyini
manzilini olib Toshkentga ketadi.
Ruben to’g’ridan to’gri
Roziyalarnikiga bostirib borib onasi
bilan gaplashdi.
Omina opa Rubenni gaplariga nima
deyishga hayron bo’lib, rad
javobini beradi. Lekin u Roziyaga
har kuni gullar taqdim qilar,
kuzatib yurar, hazil aralash gap
otardi. Ko’chaga chiqsa izidan
qolmas, qayerga bormasin ortidan
yuraverardi. Shu asnoda 3oy o’tadi.
Vizasining muddati tugagani sabab
u Ukrainaga qaytadi. Va Vizasini
cho’zish uchun 2-3hafta qolib
ketadi. Rubenga o’rganib qolgan
Roziya uni yo’q bo’lib qolganidan
havotir olar, bir tarafdan
qutilganiga shukr qilsa, bir tarafdan
uning hazilomuz ruscha hazillarini
sog’inar edi. 3oy mobaynia soyasi
kabi ergashib yurgan Rubenga hali
1og’iz gap ham gapirmagan Roziya
hayotida kimdur
yetishmayotganday tuyilardi.
Ruben yana Toshkentga qaytadi.
Lekin Roziyaning oldiga bormay
uni uzoqdan kuzata boshlaydi,
chunki Uning tug’ilgan kuni uchun
kutilmagan sovg’a tayyorlayotgan
edi.
Soat 23-00 Roziya uylarni
yeg’ishtirib ertangi kun uchun
dasturxonni tayyorlayotib
1qavatda shovqinli ovoz eshitildi.
3qavatdan pastga qaradi. Hech kim
yo’q. Shu tariqa televizor orqali
kinolarni ko’rib o’tirsa bir maxal
ko’chadan "С ДНЁМ Рождением”
TARONASI BUTUN MAXALLAGA
YANGRAY BOSHLADI. Roziya
Rubenning Toshkentga qaytganini
pastdan yangrayotgan tarona
orqali bildi va ich ichidan suyundi.
Balkon eshigini ochib tashqariga
chiqdi. Pastga qarasa "Я тебя
люблю РОЗА” degan yozuv lovillab
yonar edi. Buni Omina opa ham
ko’rib avvaliga qizini koyidi. So’ng
Rubenning samimiyligiga ishona
boshladi. Ruben omina opa bilan
yana bir bor gaplashishga qaror
qildi. Bu galgi suhbatda Rubenning
dini to’g’risidagi mavzu ko’tarilgan
edi. Lekin Ruben Alloh yagona lekin
payg’ambarlarimiz boshqa boshqa.
Hammamiz boradigan joyimiz bir.
Xristianmizmi, musulmonmizmi
hammamiz bandamiz. Agar sizni
diningiz meni qabul qila olmasa,
men sizni diningizni qabul qilaman
deb javobb berdi. So’ng machitdan
domla chaqirtirib qulog’iga Azon
ayttirdi. Shu shu Rubenga Omina
opa ham o’rganib qoldi.
Yangi yil kechasini Rubenning
taklifiga muvofiq Beldirsoyga
chiqishni rejalashtirishgan edi.
Oldiniga Omina opa rozi bo’lmadi.
So’ng Ruben ularni lija, chana
uchamiz, mazza qilib dam olamiz,
yangi yilni shunday nishonlash
kerak deb ularni ko’ndirdi. Tog’ga
Omina opa, Roziya, Rustam
(Roziyaning ukasi),Ruben yangi
yilni kutgani chiqishdi.
Omina opa umrlarini yangi yilni
bunday kutib olmagan edi.
Gulhanlar yoqilgan, hamma
karnaval liboslarida, hammayoq
oppoq qor, hamma tanigan
tanimagan bir-birlarini yangi yil
bilan qutlashar, qo’llarida bengal
tayoqchlar, archalar gerlyandalar
bilan bezatilgan, yangi yil ifori
hammani mast qilgandi. Soat 12
marta bong urganda hamma o’z
orzulariga yetayotganda, Ruben
Roziyaning qo’lini so’radi. Roziya
esa ikki ko’zi onasiga qadalgan edi.
Nima deb javob berishni onasing
ko’zlaridan qidirardi. Onasi esa
qizini bahtli bo’lishini ich ichidan
hohlar lekin uzoq yurtda yashashini
hohlamasdi.
Roziya javob bermay xonasiga
kirib ketdi. Ertasi kuni ertalab
nonushta qilishayotganda Omina
opa Rubenning taklifiga rad
javobini berdi, bu safargi suhbat
qizini olis yurtlarda yashashni
istamaganlari edi. Ruben bugun
Omina opani Rustamni Odessaga
olib ketishini aytganidan keyin
vaziyat yumshadi. Ularning fotixa
to’ylari bo’lib o’tdi. Bahor oylari.
Roziya va Ruben bir-birlarini
mehriga cho’milib yurgan kezlar
edi. To’y harakati bilan ovora bo’lib
qolgan Omina opa o’zlarida yo’q
hursand. To’y hamma havas
qilgulik darajada bo’lib o’tdi.
Rubenning do’stlari deyarli rus
bo’lgani uchun o’zbek to’yida
"GORKA”deb baqirish uyatligini
tushunishmas, To’y tugaguncha
"Gorka-Gorka” deb baqirishar edi.
Lekin kelin va kuyov bunga e’tibor
qilishmas, uyalib bir birlariga qarab
kulishar edi.
BU HIKOYA SIZLARGA YOQDI DEB
UYLIMAN...
Категория: Ibratli hikoyalar ' | Просмотров: 359 | Добавил: ANDIJONLIK_BEZORI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish
SALOM Mehmon

Mehmon,Saytimizga a'zo bo'ling va barcha imkoniyatlarga ega bo'ling!
Login:
Parol:

Saytdan izlash
Tezkor qidirish uchun qidiruv so'zini kiritib, Enter ni bosing.


SMS sherlar
TOP saytlar
1
MUZ.UZ - Musiqa javo...
Keldi 547 Ketdi 136
2
www.xayol.uz
Keldi 468 Ketdi 110
3
Чтобы продвинуть сво...
Keldi 241 Ketdi 61
4
iPLANET.UZ - UNVERSA...
Keldi 342 Ketdi 125
5
Dasturlar
Keldi 359 Ketdi 111

SAYT QO'SHISH
Календарь
«  Mart 2012  »
DuSeChoPaJuShaYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Created by UzWebDesign © 2017