Muborak Juma, 15.12.2017, 20:49
WWW.CHIROYLI.UZ
Barchani birlashtiruvchi portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Sayt menyusi
Bo'limlar
Mini Chat

So`rovnoma
Siz sevgan fasl - bu
Javoblar soni: 58
Xisobot

Xozir saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
BUGUNGI FAOLLAR
Patriotkjx ScottTug
Главная » 2012 » Mart » 26 » Eng yaxshi o‘quv-axborot resurslari
23:20
Eng yaxshi o‘quv-axborot resurslari

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida
ta’lim sohasiga ilg‘or axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining joriy etilayotgani o‘qitish
sifati va mazmunini takomillashtirish,
yoshlarning bilimi va saviyasini yuksaltirishda
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan maktablarni kompyuter texnikasi
bilan ta’minlash, zamonaviy klasterlarni tashkil
etish, axborot-resurs markazlari faoliyatini davr
talabiga mos yo‘lga qo‘yish, bilim maskanlarida
“ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘idan
samarali foydalanish yuzasidan keng qamrovli
ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublika ta’lim markazi, Multimedia va
umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi
bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan turli
loyihalar, anjumanlar, seminarlar o‘quvchilar
hamda pedagoglarning kompyuter
savodxonligini yanada oshirishda muhim omil
bo‘lmoqda. “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim
resurslari – 2012” respublika ko‘rik-tanlovi ham
ayni maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridan o‘ttizdan ziyod
muallif ishtirok etdi. Ular tomonidan
topshirilgan ijodiy ishlar asosan o‘quv-
intellektual o‘yinlar, bolalarning bilimi va
o‘zlashtirishini nazorat qiluvchi dasturlar,
ma’rifiy taqdimotlar, elektron qo‘llanmalar,
didaktik materiallar, dars jarayoni va maktab
boshqaruviga doir avtomatlashtirilgan
ishlardan iboratdir.
“Kompyuter o‘quv o‘yinlari, trenajyorlar hamda
videoroliklar” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi
o‘ringa Toshkent shahrining Yunusobod
tumanidagi 235-maktabning 9-sinf o‘quvchisi
Jahongir Akromov loyiq topildi. “Elektron
ma’rifiy dasturlar – elektron qo‘llanmalar, dars
ishlanmalari, videoroliklar, didaktik materiallar”
yo‘nalishida Namangan viloyati Kosonsoy
tumanidagi 13-maktab o‘qituvchisi Rahimjon
Fozilov 5-sinfga mo‘ljallangan “Informatika”
elektron darsligi bilan birinchi o‘ringa sazovor
bo‘ldi. “Nazorat qiluvchi dasturlar, dars jarayoni
va maktab boshqaruvini avtomatlashtirish”
yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin Buxoro
shahridagi 17-maktab o‘qituvchisi Hakim
Rustamovga nasib etdi.
Категория: Fikr Mulohaza | Просмотров: 384 | Добавил: ANDIJONLIK_BEZORI | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish
SALOM Mehmon

Mehmon,Saytimizga a'zo bo'ling va barcha imkoniyatlarga ega bo'ling!
Login:
Parol:

Saytdan izlash
Tezkor qidirish uchun qidiruv so'zini kiritib, Enter ni bosing.


SMS sherlar
TOP saytlar
1
MUZ.UZ - Musiqa javo...
Keldi 571 Ketdi 139
2
www.xayol.uz
Keldi 488 Ketdi 112
3
Чтобы продвинуть сво...
Keldi 243 Ketdi 63
4
iPLANET.UZ - UNVERSA...
Keldi 350 Ketdi 129
5
Dasturlar
Keldi 368 Ketdi 114

SAYT QO'SHISH
Календарь
«  Mart 2012  »
DuSeChoPaJuShaYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Created by UzWebDesign © 2017