Chorshanba, 14.11.2018, 03:03
WWW.CHIROYLI.UZ
Barchani birlashtiruvchi portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS
[ Yangi a'zolar · A'zolar · Fprum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Milliy Uzbekona Yoshlar Forumi - PANOH.UZ » Suxbatxona / Беседка » PSIXOLOGIYA » O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS (O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS)
O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS
MuxlisaVaqti: Dushanba, 02.01.2012, 13:07 | Xat # 1
Foydalanuvchi
GURUH: Foydalanuvchi
POSTI: 60
REPUTASIYA: 1
XOLATI:
Hamma kezib-aylanib yurgan bir muhitda o‘tirib dars tayyorlash o‘quvchidan fidokorlik talab etadi. Albatta, qandaydir maqsadga erishish uchun, eng avvalo, jidd-u jahd qilish lozim. Muhtaram abituriyent, bilasizmi, siz kabi ilmga chanqoq o‘quvchilarning maqsad yo‘lida jon kuydirib harakat qilishi kishining ko‘zini quvnatadi.

Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi: orangizda oliy o‘quv yurtiga kirishni xohlamaydiganlar ham topilib qoladi. Ular uchun bizning maxsus tavsiyalarimiz bor. Siz ham bir ko‘z yugurtirib chiqsangiz, zarar qilmaydi. Axir aytishadi-ku, odobni beodobdan o‘rgan deb. Kirish imtihonida muvaffaqiyat qozonishni istamaganlar nimalar qilishi kerak? Mana, sizga eng zaruriy maslahatlar ro‘yxati:


1) Dars stolingizni deraza yaqiniga joylashtiring: zerikkanda tashqarini tomosha qilasiz, dars qilish haqida kamroq o‘ylaysiz;

2) Darsxonangiz devorlariga yangi plakatlarni osing. Toki ular sizni shou-biznes, futbol yoki boshqa olamlar bilan bog‘lab tursin. Eskilarini esa o‘rtoqlaringizga bering. Ular ham o‘qishga kira olmasin;

3) Dars stolingizda dars qilmang. Jurnal o‘qing, krossvord-u skanvordlar yeching, uxlasangiz ham mayli, faqat dars qilmasangiz bo‘lgani. Juda dars tayyorlagingiz kelsa, eng qulay joy yotog‘ingiz ekanini unutmang. Shunda tezgina uxlab qolasiz.

4) Xonangizda albatta televizor bo‘lsin. Yo‘q bo‘lsa, toptiring. Axir, nima qilib yuribsiz o‘z yaqinlaringizga bitta so‘zingiz o‘tmasa. Ha, aytganday, televizor kun bo‘yi yoqiq tursin. Ayniqsa, musiqa, klip namoyish etadigan kanallar.

5) Internetda ishlashni ham esdan chiqarib qo‘ymang. Net-choyxonaga kiring, o‘yin o‘ynang.

6) Mobil telefoningizda yor-birodarlaringiz bilan qo‘lingiz shishib ketguncha sms yozishing; qulog‘ingiz portlab ketguncha muloqot qiling. Yo‘qsa, eng so‘nggi, eng qaynoq mish-mishlardan bexabar qolasiz.

7) Uydagi telefon jiringlaganda faqat siz javob bering. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladimi, hammadan oldin eshikni siz oching. Kelgan odamlarning suhbatidan bahramand bo‘ling. Aks holda, 24 soatdan iborat kunni o‘tkazish juda qiyin bo‘ladi.

8) Faqat tushunadigan, biladigan fanlaringizdan dars qiling. Boshqalarini baribir tushunmaysiz-ku, dars tayyorlab nima qilasiz?!

9) Fanlarni, mavzularni tez-tez almashtirib turing. Matematikadan bitta misol yechdingizmi, o‘zingizni rag‘batlantirish uchun serial ko‘ring. Ingliz tilidan keyinroq dars qilarsiz…

10) Ota-onangiz "Dars qil” - deb majburlashsa, kitob-daftarni ochib, nimalarnidir yozganday bo‘ling. Ana o‘shanda ota-onangiz dars qilayotganingizga laqqa ishonishadi.

11) Dars tayyorlash siz uchun og‘irlik qila boshlaganda dars qilmaslik uchun bahonalar qidiring. Axir, bahonadan ko‘pi bor ekanmi dunyoda?!

Mana shunaqa! O‘ylaymizki, jiddiy hazilimizni tushundingiz va o‘zingizga tegishli xulosani chiqardingiz. Albatta bu noto'g'ri tekstlar, a to'g'risini esa forumdosh aynan shu yerda sizdan kutib qolamiz! Mavzudan yiroqlashmagan holda albatta!


Sevgi... Yuraklani bir oz o'z asirida shirin hislar ila aldab so'ng dunyoni barcha qayg'ulari ila siylaydigan tuyg'u!
 
Milliy Uzbekona Yoshlar Forumi - PANOH.UZ » Suxbatxona / Беседка » PSIXOLOGIYA » O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS (O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Created by UzWebDesign © 2018